Toshkentda banan savdosi bilan bog‘liq jinoyat bo‘yicha tergov boshlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahri Sergeli tumanida xaridorga 7,4 ming dollarlik banan yuborishni va’da qilib, uni bajarmagan shaxs javobgarlikka tortildi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, shu yilning aprel oyida poytaxtdagi ulgurji savdo bozorlaridan birida 34 yoshli J.M. 29 yoshli Sh.K. uchun Farg‘ona viloyatiga haydovchi orqali 170 quti banan yuborishni va’da qilgan. Buning uchun undan 7420 AQSH dollari olgan. Biroq va’dasini bajarmagan. 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etayotgani xabar qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent firibgarlik banan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing