Toshkentda ba’zi ko‘chalar issiq suvdan 5 kunga uziladi

Jamiyat

image

21-26 avgust kunlari 2-IM qozonxonasida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli Mirzo Ulug‘bek tumanida issiq suv ta’minoti o‘chiriladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent kompaniyasi o‘zining Telegram’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qildi. 

Kompaniyaga ko‘ra, isitish mavsumiga tayyorgarlik doirasida zulfinlarni almashtirish, elektr ta’minoti tizimini tekshirish va sozlash, jihozlarni demontaj qilish va o‘rnatish ishlari olib borilishi tufayli tumanning ba’zi ko‘chalari 5 kun muddatga issiq suv tizimidan uzib qo‘yiladi va  26 avgust, kunning birinchi yarmida qayta ulanadi.

Xabarga ko‘ra, tumaning quyidagi ko‘chalarida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi: 

•  Qorasuv 1, 2, 3, 4, 6, 2 mavzelari;
•  Bo‘z va Feruza dahalari;
•  “Do‘rmon yo‘li”, “Mingbuloq”, “T. Malik”, “So‘fizoda”, “Mirzo Ulug‘bek”, “Sho‘rtepa” ko‘chalari.

Eslatib o‘tamiz, “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahar filiali matbuot xizmati bugun, 16 avgust kuni Toshkent shahrining ikki tumanida joylashgan ayrim hududlar elektr energiyasidan uzib qo‘yilishi haqida xabar bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Mirzo Ulug'bek issiq suv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing