Toshkentda ayollar kar-soqov ojizani kaltakladi (video)
Jamiyat
−
27 may 2021
19967Ijtimoiy tarmoqlarda va messenjerlarda ayollar jismoniy imkoniyatlari cheklangan (kar-soqov) ayolga nisbatan shafqatsizlarcha munosabatda bo‘layotganligi aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, kecha, 26 may kuni soat 03:15 larda 102 raqamiga tez tibbiy yordam muassasasidan kelib tushgan xabarga ko‘ra, 24 yoshli Mohizoda V. tan jarohatlari bilan keltirilgan.
Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida quyidagilar ma’lum bo‘ldi. 24 may kuni, 28 yoshli Mumtozbegim D. o‘zining Mirobod tumanidagi xonadonida bo‘la turib, ikki nafar tanishlari: 20 yoshli Diyora B. va 23 yoshli Mukarram M. bilan birga 24 yoshli Mohizoda V.ga tan jarohatlari yetkazishgan. Biroq ayol o‘zi tushuntirib bermagan sabablarga ko‘ra, o‘zi yashab kelgan ushbu xonadondan faqatgina 25 maydan 26 mayga o‘tar kechasi chiqqan. Nukus ko‘chasida Mohizoda V. o‘tib ketayotgan tez tibbiy yordam mashinasini to‘xtatib, qo‘l harakatlari bilan tibbiy yordamga muhtojligini ma’lum qilgan va oyog‘idagi jarohatlarni ko‘rsatgan.
Hozirda barcha ishtirokchilarning shaxsi aniqlangan, sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qiynash, ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davomida sodir bo‘lgan voqeaning sabablari batafsil o‘rganiladi.
LiveBarchasi