Toshkentda ayol erkakni 460 mln so‘mga “uxlatdi”

Jamiyat

image

Poytaxt Toshkent shahrida arzonginaga 65 700 dollar sotib olmoqchi bo‘lgan fuqaro aldanib qoldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

41 yoshli Abdulla U. IIBga murojaat qilib, arizasida 34 yoshli Istora N.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan. Istora Abdullaga 460 000 000 so‘mga bankdan “arzon” narxda – 7 000 so‘mdan hisoblab, 65 700 AQSH dollarini olib berishini va’da qilgan. Erkak ayolga ishonib, joriy yilning yanvar-mart oylarida umumiy hisobda 460 000 000 so‘m pulni berib yuborgan.

Ammo Istora va’dasida turmasdan, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan. Ushbu fakt bo‘yicha Istoraga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Ma’lumot uchun, bugun, 13 avgust kuni O‘zbekistonda tijorat banklarida dollar kursi 9 000 so‘mga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent dollar

Baholaganlar

66

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing