Toshkentda ayol avtobus oynasini sindirdi (video)
Jamiyat
−
15 avgust 2019
11088Toshkent shahrida jamoat avtobusida yo‘lovchi ayol janjal ko‘tarib, haydovchidan avtobusni ketayotgan joyida to‘xtatishni talab qildi.
Hodisa kecha, 14 avgust kuni 5-avtobus saroyi tasarrufidagi 99-yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobusda yuz berdi. Yo‘lovchi ayol belgilanmagan joyda, ya’ni Qo‘yliq bozori yaqinidagi Chirchiq daryosidan o‘tgan ko‘prik ustida avtobusni to‘xtatishni talab qildi. Haydovchi unga bu yerda to‘xtash mumkin emasligi, hayoti uchun xavfliligini har qancha tushuntirmasin u qaysarlik bilan o‘z so‘zida turib oldi.
Qo‘lida chaqalog‘i borligiga qaramay ayol avtobusda shovqin-suron ko‘tardi. U ham yetmagandek, baland ovoz bilan haydovchiga bosim o‘tkazib, avtobusning eshik oynasini bir necha marta tepib sindirdi. Avtobusga zarar yetkazish bilan birga ayolning o‘zi ham oyna siniqlaridan shikastlandi.
“Toshshahartransxizmat” AJning ma’lum qilishicha, ushbu holatni batafsil o‘rganish hamda chora ko‘rish maqsadida tegishli organlarga xabar berildi. O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
LiveBarchasi