Toshkentda ayanchli YTH oqibatida yo‘lovchi vafot etdi
3-sahifa
−
19 aprel 2023 11401 1 daqiqa
Poytaxt Toshkentda Cobalt va Captiva rusumli avtomashinalar ishtirokida yuz bergan yo‘l transport hodisasi oqibatida bir nafar yo‘lovchi vafot etdi. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki Ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizlik bo‘limi Matbuot xizmati xabar berdi.
Aniqlik kiritilishicha, voqea kecha, 18 aprel kuni soat 16:40 shaharning Uchtepa tumanida sodir bo‘lgan. YTH oqibatida haydovchilar tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilgan. Cobalt mashinasidagi yo‘lovchi esa olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilayotgani aytilgan.
Live
Barchasi