Toshkentda avtomobil ko‘prikdan pastga qulab tushdi
Jamiyat
−
27 dekabr 2020
32528Toshkent shahri Mirobod tumanida 43 yoshli erkak avtomobil boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida ko‘prikdan pastga qulagan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
Toshkent shahar IIBB YHXB navbatchilik qismiga joriy yilning 27 dekabr kuni soat 04:30 larda kelib tushgan xabarga ko‘ra, Toshkent shahar Mirobod tumani Turkiston ko‘chasi bo‘ylab “GAZ 3110” rusumli avtomobilda harakatlanayotgan, 1977 yilda tug‘ilgan M.G. avtomobil ko‘prigiga yetgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, pastga, KXAY ko‘chasiga tushib ketgan.
Oqibatda 43 yoshli haydovchi M.G. va avtomobil salonida bo‘lgan yo‘lovchi birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, hodisa sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilayotgani ma’lum qilindi.