Toshkentda avtobus yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
14 dekabr 2021 9681 1 daqiqa
Bugun, 14 dekabr kuni Toshkentda Mercedes Benz rusumli yo‘lovchi tashuvchi avtobus yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Yong‘in soat 15:21 da Sergeli tumani “Do‘stlik-1” dahasida 47-yo‘nalish bo‘yicha harakatlanayotgan Mercedes Benz rusumli avtobusda yuz bergan.
Tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga tegishli xabar tushgach, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:25 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 15:34 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida avtobusning orqa salon qismi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda mutaxassislar tomonidan yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Live
BarchasiIsroil droni G‘azoda avtomobilga zarba berdi
13 sentabr