Toshkentda avtobus va teplovoz ishtirokida YTH bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
29 may
6354Toshkentda "King Long" rusumli avtobus va teplovoz ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabar berdi.
Bugun, 29 may kuni soat 15:50 larda haydovchi I.A. boshqaruvidagi avtobus Sergeli tumani Qumariq ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda, tartibga solinmagan temiryo‘l kesishmasidan harakatlanib kelayotgan "O‘zbekiston temiryo‘llari" AJga qarashli bo‘lgan, haydovchi A.J. boshqaruvidagi teplovoz bilan to‘qnashuv sodir etgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q, avtobus texnik shikastlangan.
Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.
Hodisa yuzasidan o‘tkazilgan dastlabki surishtiruv harakatlari natijalariga ko‘ra, haydovchi A.I. avtobusni boshqarib kelib, temiryo‘l kesishmasida to‘xtagan va boshqa transport vositalari bilan birga harakatni boshlab temiryo‘l kesishmasidan harakatlanib o‘tayotgan vaqtida teplovoz avtobusning orqa o‘ng tomon kuzov qismiga kelib urilgan.
Shuningdek, teplovoz tartibga solinmagan temiryo‘l kesishmasidan harakatlanib o‘tishidan avval yo‘nalish bo‘ylab transport vositalarini to‘xtatib turuvchi temiryo‘l nazoratchi xodimi voqea joyida bo‘lmaganligi sababli transport vositalarini to‘xtatish choralari ko‘rilmagan.
Eslatib o‘tamiz, 25 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatida ichida uch nafar maktab bitiruvchisi bo‘lgan Gentra rusumli mashina avtobusga borib urilgan va yo‘lovchilardan biri vafot etgandi.
LiveBarchasi