Toshkentda avtobus va Nexia-3 ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Jamiyat

image

Toshkent shahri Yunusobod tumanida Yutong rusumli avtobus va Nexia-3 avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 12 oktyabr kuni soat 22:44 larda 57 yoshli S.F. boshqaruvidagi Yutong rusumli avtobus Yunusobod tumani Ahmad Donish va Yangi shahar ko‘chalari chorrahasida 28 yoshli B.O. boshqaruvidagi Nexia-3 avtomobili bilan to‘qnashib ketgan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu YTHga Nexia-3 haydovchisining e’tiborsizligi, ya’ni asosiy yo‘ldan harakatlanayotgan avtobus qarshisiga chiqib qolishi sabab bo‘lgan. 

“Mazkur yo‘l-transport hodisasi vaqtida avtobusda 1 nafar yo‘lovchi bo‘lgan, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Yutong rusumli avtobus va Nexia-3 rusumli avtomobil texnik shikastlangan”, deydi Ergash Tuychiyev.

Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 sentyabr kuni Toshkent shahrida harakatlanayotgan avtobusning o‘rta g‘ildiraklari quduqqa tushib ketishi oqibatida avtobusning tag va o‘rta (garmoshka) qismiga mahkamlangan quduq qopqog‘iga ilinib, texnik shikast yetgan edi. Shuningdek, 15 sentyabr kuni poytaxtda elektrobus va Nexia mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent Yunusobod avtobus Nexia-3

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing