Toshkentda avtobus va Lacetti to‘qnashuvida bir kishi vafot etdi

3-sahifa

image

Kecha, 15 iyun kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida ISUZU rusumli avtobus va Lacetti avtomobili ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi vafot etdi. Bu haqda shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha soat 08:30 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Sultoniya ko‘chasida I.S. (1978 yilda tug‘ilgan) boshqaruvida bo‘lgan ISUZU rusumli avtobus hamda I.M. (1991 yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi Lacetti avtomobili ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH oqibatida Lacetti haydovchisi olgan tan jarohatlari bilan tibbiy muassasaga olib borilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan I.M. shifoxonada vafot etgan.

Shuningdek, mazkur holat yuzasidan shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilayotgani ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Toshkentda uch marta elektrobus ishtirokida YTH sodir bo‘lgan edi. Ularning so‘nggisi 8 iyun kuni yuz bergan. Shuningdek, 5 iyun kuni Yutong elektrobusi ikkita avtomobil bilan to‘qnashishi oqibatida bir nafar haydovchi jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan edi. 6 iyun kuni yana bir holatda Cobalt elektrobus bilan to‘qnashishi oqibatida uning 2003 yilda tug‘ilgan haydovchisi vafot etgan va yana bir yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgandi.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing