Toshkentda avtobus simyog‘ochga borib urildi

3-sahifa

image

Toshkentda yo‘lovchi tashuvchi avtobus simyog‘ochga borib urildi. YTHga uni boshqa yengil avtomobil yo‘lda siqib o‘tgan sabab bo‘lgan. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ xabar berdi. 

Yo‘l-transport hodisasi bugun, 15 iyun kuni soat 07:55 larda sodir bo‘lgan. 

Qayd etilishicha, "7-Avtobus saroyi" filiali haydovchisi M.A. (1991 yilda tug‘ilgan, staji 2016 yildan buyon) ISUZU rusumli, saroy raqami 486 bo‘lgan avtobusni 56-yo‘nalishda Bunyodkor shox ko‘chasi bo‘ylab yo‘lovchilarsiz boshqarib borayotgan bo‘lgan. Avtobus Xalqlar do‘stligi saroyi qarshisida piyodalar o‘tish joyiga yaqinlashayotganida, o‘ng tomonidan yengil avtomobil keskin siqib o‘tishi natijasida, o‘zidan oldinda to‘xtab turgan avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etmaslik uchun avtobusni chap tomonga burgan va yo‘l chetidagi temir simyog‘ochga borib urilgan.  

Hodisa natijasida jarohat olganlar yo‘q. 

Hozirda mazkur yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hamda “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyatining Yo‘lovchi transportida harakat xavfsizligini nazorat etish bo‘limi tomonidan xizmat surishtiruvi o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

148

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing