Toshkentda avtobus beton to‘siqqa borib urildi
3-sahifa
−
29 yanvar
3689Toshkent shahar Mirobod tumanida Kinglong rusumli avtobus yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa borib urildi. Bu haqda Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 28 yanvar kuni soat 23:00 larda Mirobod tumani Shahrisabz ko‘chasida 1976 yilda tug‘ilgan haydovchi M.I. King rusumli avtobusni boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Bildirilishicha, YTH oqibatida tan jarohat olganlar yo‘q. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatida Nexia haydovchisi temir-beton ustunga urilishi oqibatida 200 ta xonadon elektrsiz qolgan edi.
LiveBarchasi
Trenddagilar
![O‘zbekistonda 1 martdan oylik va nafaqalar oshadimi?](https://ad-admin.qalampir.uz/uploads/LF/thumb_AV506IfBgmW3B2hZlNW2THujNmRi9d.jpg)
![1 apreldan elektr va tabiiy gaz tariflari oshadi](https://ad-admin.qalampir.uz/uploads/R5/thumb_watlnJ8OLVoNjpRyEbpSHTQElY6tLN.jpg)