Toshkentda avtobus haydovchilari o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda jamoat transporti haydovchilari o‘rtasida yuzaga kelgan mojaro aks etgan video tarqalmoqda. Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 1 iyun kuni, Yunusobod tumanidagi savdo markazi yonida joylashgan avtobuslar to‘xtash bekatida, avtobus haydovchisi 31 yoshli T.K. (01 646 ASA), shuningdek, ikkinchi avtobus haydovchisi 43 yoshli A.U. (01 224 CGA) va avtobus konduktori 25 yoshli M.G. o‘rtasidagi og‘zaki janjal yuzaga kelgan, shu yerda bo‘lgan boshqa fuqarolar tomonidan ushbu mojaro to‘xtatilgan.

Ushbu holat yuzasidan avtobus haydovchilari T.K. va A.U.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga (“Mayda bezorilik”) asosan bayonnoma rasmiylashtirilgan. To‘plangan hujjatlar esa Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudiga taqdim etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent janjal haydovchi

Baholaganlar

350

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing