Toshkentda “Amerika orzusini” ro‘yobga chiqarmoqchi bo‘lganlar ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida fuqarolarni 16 va 10 ming dollar evaziga tanishlari yordamida AQSHga jo‘natishni va’da qilganlar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Unga ko‘ra,  departament, Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida aholini AQSHga noqonuniy ravishda jo‘natish bo‘yicha urinishlarning oldi olingan.

"Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yashovchi D.X.  fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, 16 ming dollar evaziga tanishlari yordamida AQSHga ishlash uchun yuborishini aytib, oldindan 3 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi", deyiladi xabarda.

Shuningdek, poytaxtning Yunusobod tumanida muqaddam sudlangan F.M.  fuqaro J.K.ni yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari yordamida, 10 ming dollar evaziga AQSHga ishga yuborishini va’da qilib, oldindan 3200 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilayotgani ma’lum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent firibgarlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing