Toshkentda Alisher Usmonov va Fattoh Shodiyev qatnashadigan xalqaro forum bo‘lib o‘tadi

Jamiyat

image

Joriy yilning 19 may kuni Toshkent shahridagi Simpoziumlar saroyida Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti bitiruvchilarining V xalqaro forumi – davlat arboblari, yirik tadbirkorlar, ko‘p tomonlama institut rahbarlari, nufuzli jurnalistlarning norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Forumning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.Kamilov, USM Holdings asoschisi, MDXMIning Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari A.Usmonov, Rossiya madaniyat vaziri V.Medinskiy, Rossiya Federatsiyasi Kengashi raisi o‘rinbosari I.Umaxanov ishtirok etadi. Tadbirni MDXMIning Kuzatuv kengashi a’zosi, TASS bosh direktorining o‘rinbosari M.Gusman olib boradi.

Forumda siyosat, xavfsizlik, iqtisod va madaniyat sohasidagi dolzarb masalalar bo‘yicha Mo‘g‘uliston Tashqi ishlar vaziri D.Sogtbaatar, Kambodja Ta’lim vaziri N.Xan Chuon, Rossiya fan va ta’lim sohasini nazorat qilish federal xizmati rahbari S.Kravsov, MDXMning Vasiylik kengashi a’zosi F.Shodiyevlar so‘zga chiqadi. Kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar qatoriga Slovakiya Tashqi ishlar vaziri M.Laychak qo‘shiladi. Barcha so‘zga chiquvchi nufuzli mehmonlar Moskva xalqaro munosabatlar instituti bitiruvchilari hisoblanishadi.

Forumning asosiy dasturi davlat idoralari va kompaniyalar rahbarlarining biznes uchrashuvlaridan iborat. Uchrashuv davomida ta’lim, madaniyat va investitsiya sohasida ikki tomonlama munosabatlar muhokama qilinadi.

MDXMI, Jahon iqtisod va diplomatiya universiteti hamda O‘zbekiston va Rossiyaning boshqa oliy o‘quv yurtlari mutaxassislari ishtirok etadigan tadbirda Markaziy Osiyodagi ko‘p tomonlama hamkorlik va xavfsizlik masalalari bo‘yicha ekspertlararo munozara bo‘lib o‘tadi.

Forumda, shuningdek, universitetni rivojlantirishning yangi strategiyasi muhokama qilinadi. Forumda Toshkent MXMI filiali ochilishi haqidagi dastur taqdimoti ham o‘rin olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Fattoh Shodiev Alisher Usmanov

Baholaganlar

73

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing