Toshkentda aholi orasida 59 kishida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
05 iyul 2020 17936 1 daqiqa
Bugun, 5 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 107 nafarga ortib, 9936 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlari:
- 33 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida;
- 66 nafari Toshkent shahrida (shundan 7 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 59 nafari aholi orasida);
- qolgan 8 nafari Toshkent viloyatida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida) aniqlangan.
Bugun ayni paytga qadar poytaxtdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 21 nafar bemor tuzalib, mamlakatda jami 6446 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (65 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 3457 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr