Toshkentda 95 millionlik remdesivirni noqonuniy pullayotgan ikki yigit qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

IIV va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga kurashish departamentining Toshkent shahar boshqarmasi va Yakkasaroy tumani hududiy bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 30 quti remdesivir dorisini 95 million so‘mga sotayotgan shaxslar qo‘lga qo‘lga olindi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida xabar berildi. 

Tezkor tadbir davomida ikki nafar fuqaro Bangladeshda ishlab chiqarilgan va O‘zbekiston hududiga aylanma yo‘llar bilan olib kirilgan 50 dona remsivir, remdesivir, bemsivir dori vositalarini qonunga zid ravishda har bir donasini 1 million 900 ming so‘mdan hisoblab, jami 95 million so‘mga sotishga kelishib, shundan 30 donasini berayotib pullarni “xaridor”dan sanab olayotgan vaqtda qo‘lga tushdi. 

Ulardan jami 33 dona remsivir, 22 quti kurantil, 19 quti kleksan 0,4 mg va 4 dona kleksan 0,6 mg xorijda ishlab chiqarilgan dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Mazkur holat bo‘yicha ikki nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat Remdisivir

Baholaganlar

232

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing