Toshkentda 80 dan ortiq yovvoyi hayvonlar noqonuniy saqlangani aniqlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahri va viloyatida 80 dan ortiq yovvoyi hayvonlar tutqunlikda saqlab kelinayotgani aniqlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahri va viloyatida vazirlik xodimlari va mas’ul tashkilotlar bilan birga o‘rganish ishlari olib borilgan. Ushbu o‘rganishlar davomida Toshkent viloyati hamda shahar hududidagi pitomniklar hamda yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda saqlash joylarida 9 turdagi 80 dan ortiq sut emizuvchi hayvonlar va parrandalar, jumladan, 4 dona Afrika sherlari ruxsatnomadan tashqari, noqonuniy saqlab kelinayotganligi aniqlangan. Ushbu hayvonlarning bir qismi belgilangan tartibda saqlash uchun Toshkent shahar hayvonot bog‘iga topshirilgan. 

“O‘rganish ishlari davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining "Yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 736-son qaroriga asosan, 2025 yil 1 yanvardan boshlab jismoniy shaxslar tomonidan ko‘pgina (ro‘yxat asosida) yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda saqlash hamda sirk tomoshalarida yovvoyi hayvonlardan foydalanish ta’qiqlanadi. Qarorga binoan, taqiqlangan hayvonlar faqatgina Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining tegishli ruxsatnomasiga ega yuridik shaxslar tomonidan hayvonot bog‘lari, pitomniklar (terrarium, okeanarium va boshqalar)da saqlanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatida Qizil kitobga kiritilgan burgut noqonuniy tarzda saqlab kelinayotgani aniqlangan edi va uni noqonuniy ravishda saqlagan shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 92-moddasi (Hayvonlar yashaydigan muhitni muhofaza qilish qoidalarini, zoologik va botanik kolleksiyalarni vujudga keltirish va ular bilan savdo qilish qoidalarini buzish, xuddi shuningdek hayvonlarni o‘zboshimchalik bilan boshqa joyga ko‘chirish, iqlimlashtirish yoki chatishtirish) bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari – 1 million 875 ming so‘m miqdorida jarima belgilangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yovvoyi hayvon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing