Toshkentda 8 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

3-sahifa

image

Toshkent shahri Uchtepa tumanida 8 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu hada poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Kecha, 31 may kuni soat 21:00 larda Uchtepa tumani TXAY–Zargarlik ko‘chalari kesishgan chorrahasida 8 ta transport vositalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. 

Ushbu YTHda “Kamaz”, 3 ta Lacetti, 2 ta Spark, Nexia-3 va Matiz avtomashinalari to‘qnashgan.

Mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi tan jarohati olib shifoxonaga olib ketilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda 6 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing