Toshkentda 8-sinf o‘quvchisi maktabda tok urishi oqibatida vafot etdi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida 8-sinf o‘quvchisi ochiq turgan elektr toki simiga tegib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ matbuot kotibi Faxriddin Nuraliyev QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, voqea Yunusobod tumanidagi 99-sonli maktabning 8-sinf o‘quvchisi bilan sodir bo‘lgan. 

Bola maktabni yorituvchi chiroq ustunidagi ochiq bo‘lgan elektr simiga tegib ketgan va tok urishi oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarga ko‘ra, voqea kecha tunda yuz bergan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 27 noyabr kuni Toshkent viloyatida bir ayol uzilib ketgan elektr simiga tegib ketishi oqibatida vafot etgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent o'quvchi tok urishi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing