Toshkentda 7 tonnalik sumalak tayyorlanmoqda
Jamiyat
−
30 mart 2019
5355Rekord ko‘rsatkich bo‘lgan bahor taomini Toshkentdagi Central Park bog‘ida tayyorlashga kirishildi. Bu haqda O‘zA xabar tarqatdi.
Rekord taomni tayyorlash uchun 7 tonnalik qozon bog‘ga keltirildi. Sumalakni bir qozonda pishirish oson ish emas. Buning uchun tajribali, mohir 80ta oshpaz jalb etildi. Sumalakka 1,25 tonna bug‘doy va 4 tonna un ishlatildi.
Sumalak shahardagi Mehribonlik uylari, poytaxt aholisi va mehmonlariga tarqatiladi.
Ma’lumot uchun, 18 mart kuni Namanganda 6 tonnalik sumalak tayyorlangan edi.