Namanganda 6 tonnalik sumalakni tayyorlashga start berildi
Jamiyat
−
20 mart 2019
6053Avvalroq, Navro‘z bayrami munosabati bilan Namanganda 6 tonnalik qozonda sumalak tayyorlanishi haqida xabar bergan edik.
Bugun, 20 mart kuni Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida 6 tonnalik sumalak tayyorlanishiga start berildi. Kayvoni onaxonlar, faollar duolari bilan qozonga o‘t yoqildi.
Sumalakni tayyorlash jarayoni “Sumalak sayli” ikkinchi turizm va milliy qadriyatlar festivali doirasida bo‘lib o‘tmoqda.
Aslida namanganliklar o‘tgan yili besh tonnalik sumalak tayyorlab, rekord qay etishgan edi. Bu yil esa ular bu rekordni yangilash niyatida yana yeng shimarmoqdalar.
“Rekord sumalak” uchun eng zarur bo‘lgan narsa: diametri 3,8 metr bo‘lgan, 7 ming litr sig‘imdagi 4 tonna 600 kilogramm vaznga teng bo‘lgan qozon Toshkentdan Namanganga olib borildi. Sumalak uchun 1 tonna bug‘doy undirildi. 500 kilogramm yog‘ va 3 tonna un olingan.
Sumalakni tayyorlash uchun tanlov asosida 30 ta tajribali ayol oshpazlar saralab olindi. Ularning barchasi jiddiy tibbiy ko‘rikdan ham o‘tkazildi.
LiveBarchasi