Toshkentda 63 yoshli erkak 8 yashar qizga uyatsiz-buzuq harakat qildi

3-sahifa

image

Poytaxt Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida 63 yoshli erkak 8 yashar qizning qarshiligiga qaramasdan o‘pib, unga nisbatan uyatsiz-buzuq harakat sodir etdi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea kecha, 8 avgust kuni taxminan soat 18:30 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Buyuk ipak yo‘li ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylardan birining orqa tarafida sodir bo‘lgan. 1960 yilda tug‘ilgan M.I. yo‘l chetida o‘tirgan voyaga yetmagan 2015 yilda tug‘ilgan Sh.U.ga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilgan.

Ichki ishlar organi mazkur holat bo‘yicha jabrlanuvchining ota-onasi tomonidan ariza tushmaganini ma’lum qilgan.

Holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani Ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 129-moddasi (“O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchi protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov davom etayotgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 iyun kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida 55 yoshli erkak 7 yashar qizga pod’ezdda tegajog‘lik qilgan edi. Shundan keyin unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Shuningdek, joriy yilning iyun oyida Toshkent shahrining tumanlaridan birida 22 yoshli yigit 16 yashar qizga hujum qilib, unga shilqimlik qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent tegajog'lik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing