Toshkentda 6 yillik “staj”ga ega fohishalar qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan uyushgan jinoiy guruh fosh etildi. To‘rt nafar shaxslarga nisbatan jinoiy ish ochilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Ular 6 yildan buyon fohishalik bilan shug‘ullanib kelgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda. 

Toshkent viloyati DXX, Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda viloyat Prokuraturasi xodimlari tomonidan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda 32 yoshli “Sevara” ismli ayol o‘zining uch nafar jinoiy sheriklari va boshqalar bilan uyushgan guruh tashkil etgani aniqlangan. U 6 yil mobaynida, ya’ni 2014 yildan 2020 yil shu davriga qadar Toshkent shahrining turli joylaridan bir nechta ijaraga olingan uylarda, qo‘shmachilik, fohishaxona tashkil qilish, fohishalik bilan shug‘ullantirish orqali pulga muhtoj ayollarni ma’lum miqdordagi pullar evaziga boshqa erkaklar bilan muttasil ravishda jinsiy aloqada bo‘lishlariga undab, bu ish uchun ularga sharoit yaratib kelgan. U olgan daromadlarni guruh a’zolari o‘rtasida taqsimlab kelingan. Ushbu guruh a’zolari qo‘lga olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan “Sevara” ismli shaxs va uning 3 nafar jinoiy sheriklariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 4-qismi “b”, “v” bandlari va 135-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan ayb e’lon qilinib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Fohishaxona

Baholaganlar

4823

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing