Toshkentda 5 ta yo‘nalishdagi avtobuslar rusumini o‘zgartirish rejalashtirilyapti
Jamiyat
−
30 Sentabr 2020
5659Toshkent shahridagi avtobus yo‘nalishlaridagi yo‘lovchilar oqimidan kelib chiqqan holda hamda yo‘lovchilarning murojaat va takliflarini inobatga olgan holda, korxonalarga biriktirilgan 5 ta avtobus yo‘nalishlaridagi harakat tarkibi rusumini o‘zgartirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ xabar berdi.
Jumladan:
9t-sonli “Chilonzor 25-dahasi – Toshkent vokzali” avtobus yo‘nalishida yo‘lovchilar oqimining ko‘payganligini sababli, ushbu yo‘nalishdagi o‘rta hajmli SAZ LE-60 rusumli avtobuslarni katta hajmli Mercedes Benz avtobuslariga o‘zgartirish;
77-sonli “Chilonzor 25-dahasi – Mahalliy aeroport-3” avtobus yo‘nalishida yo‘lovchilar oqimining kamayganligini sababli, ushbu yo‘nalishdagi katta hajmli Mercedes Benz rusumli avtobuslarni o‘rta hajmli SAZ LE-60 avtobuslariga o‘zgartirish;
41-sonli “Chilonzor 25-dahasi – Chilonzor buyum bozori” avtobus yo‘nalishida yo‘lovchilar oqimining kamayganligini sababli, ushbu yo‘nalishdagi katta hajmli Mercedes Benz rusumli avtobuslarni o‘rta hajmli SAZ LE-60 va ISUZU avtobuslariga o‘zgartirish;
121-sonli “Yunusobod 9-dahasi – Chinni bozori” avtobus yo‘nalishida yo‘lovchilar oqimining ko‘payganligini sababli, ushbu yo‘nalishdagi o‘rta hajmli ISUZU rusumli avtobuslarni katta hajmli Mercedes Benz avtobuslariga o‘zgartirish;
87-sonli “Chinni bozori – Qora qamish 2/4-mavzesi” avtobus yo‘nalishida yo‘lovchilar oqimining kamayganligini sababli, ushbu yo‘nalishdagi katta hajmli Mercedes Benz rusumli avtobuslarni o‘rta hajmli ISUZU avtobuslariga o‘zgartirish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, 1 ta 120-sonli “Keles – Chorsu metrosi” avtobus yo‘nalishida xizmat ko‘rsatish “8-avtobus saroyi” MCHJdan “18-avtobus saroyi” MCHJga o‘tkaziladi. Ushbu yo‘nalishda 6 ta ISUZU rusumli avtobuslar tasarruf etiladi. O‘zgarish natijasida 120-sonli yo‘nalish faoliyatini bir maromda tashkil etish imkoniyati yuzaga keladi.
LiveBarchasi