Toshkentda 5 ta mashina to‘qnashdi

Jamiyat

image

Kecha, 19 iyun kuni soat 18:30 larda, ayni transport vositalari serqatnov bo‘lgan vaqt oralig‘ida Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shoh ko‘chasida beshta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

YHXBning ma’lum qilishicha, haydovchi Sh.A. boshqaruvidagi Nexia-2 rusumli transport vositasida oraliq masofani saqlamasdan harakatlanib o‘zidan oldindagi haydovchi B.A. boshqaruvidagi Lacetti rusumli transport vositasining orqasiga borib urilgan.

Lacetti zarb oqibatida o‘zidan oldindagi haydovchi S.M. boshqaruvidagi Matiz rusumli transport vositasiga, Matiz esa zarb oqibatida o‘zidan oldindagi haydovchi Z.B. boshqaruvidagi Nexia-2 rusumli transport vositasiga urilgan.

Shuningdek, haydovchi Sh.A. keskin tormoz bergan vaqtida ortidan bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan haydovchi J.O. Nexia-3 rusumli transport vositasining chap oldi tomoni bilan Sh.A. boshqaruvidagi Nexia-2 rusumli transport vositasi orqasiga kelib urilgan.

To‘qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur YTH Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimlari tomonidan tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

150

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing