Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

3-sahifa

image

Bugun, 18 iyun kuni Toshkent shahri Bektemir tumanida 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun soat 12:20 larda Bektemir tumani Qo‘yliq ko‘prigi ustida Sh.R. (28 yosh) boshqaruvidagi Cobalt, Z.A. (33 yosh) boshqaruvidagi Lacetti, M.T. (28 yosh) boshqaruvidagi Spark, A.X. (32 yosh) boshqaruvidagi Nexia 2 va A.K. (70 yosh) boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashinalar ishtirokida bir yo‘nalishda ketma-ket yo‘l transport hodisasi sodir etilgan.

Dastlabki xabarlarga ko‘ra, YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Shuningdek, holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri Uchtepa tumanida 8 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

YTH

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing