Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH bo‘ldi
3-sahifa
−
14 mart 2024 10099 1 daqiqa
Bugun, 14 mart kuni Toshkent shahrida 5 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Voqea poytaxtning Olmazor tumani Ahmad Donish ko‘chasida soat 19:40 larda sodir bo‘lgan. 5 ta avtomashina: Lacetti, 3 ta Cobalt va Kinglong rusumli avtomashinalar to‘qnashgan. Yo‘l transport hodisasi oqibatida 3 nafar haydovchi tan jarohat olib shifoxonaga olib ketilgan.
Hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 12 mart kuni Toshkent shahri Sergeli tumanida 2000 yilda tug‘ilgan haydovchi Cobalt rusumli avtomashinani boshqarib ketayotganda rul boshqaruvini yo‘qotgan, oqibatda yo‘l chetidagi reklama banneriga borib urilgandi. Haydovchi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025