Toshkentda 5 ta avtobus yo‘nalishi faoliyatiga o‘zgartirish kiritildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun,12 mart kunidan boshlab Toshkent shahrida 36, 52, 59, 78, 184-sonli avtobus yo‘nalishlari faoliyatiga o‘zgartirishlar kiritiladi. Bu haqda Toshkent shahar transport boshqarmasi ma’lum qildi.

Toshkent shahri aholisidan va korxonalardan kelib tushgan murojaatlar asosida quyidagi o‘zgarishlar amalga oshirildi:

36-sonli “TTZ ASHB - Zenit zavodi” avtobus yo‘nalishi harakati Zenit zavodi bekatidan Tiklanish mahallasi hududigacha uzaytiriladi;

52-sonli “Yunusobod 17-dahasi – Chorsu savdo markazi” avtobus yo‘nalishi mazkur yo‘nalishda xizmat ko‘rsatgan xususiy korxonaning tashabbusi asosida yopiladi;

59-sonli “Sergeli 12-dahasi – Karvon bozori” avtobus yo‘nalishidagi jadvallar soni 7 tadan 8 taga (+1) oshiriladi;

78-sonli “Beruniy metrosi – Toshkent vokzali” avtobus yo‘nalishining harakati Iftihor, M.Turg‘unboyeva, Bog‘i ravon, Usta Shirin ko‘chalari orqali ikki tomonlama qisman o‘zgartiriladi; 

184-sonli “Binokor qo‘rg‘oni – Qipchoq ASHB” avtobus yo‘nalishining harakati “Qipchoq” so‘nggi bekatidan Qipchoq, Yangi Sergeli yo‘li, So‘g‘diyona, Fayzli, Obihayot, Fayzli ko‘chalari orqali “Sergeli 4-dahasi”gacha uzaytiriladi.

Ma’lumot uchun, 10 mart kunidan boshlab:

12-sonli “Qo‘yliq dehqon bozori – Boshliq mavzesi” avtobus yo‘nalishining ikki tomonlama harakati Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Tollimarjon, Sariko‘l, Yangi zamon, A.Fitrat, A.S.Banokatiy, G.Aliyev, Temiryo‘lchilar, Sariko‘l, KHY, Turkiston, T.Shevchenko, Nukus ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda o‘zgartirildi;

Yangi 196-sonli “Obod makon majmuasi – Gulobod ko‘chasi” avtobus yo‘nalishi tashkil etildi. Ushbu yo‘nalishda 2 ta Isuzu rusumli avtobuslar “Obod makon” majmuasi aholisi bilan kelishilgan holda maxsus ishlab chiqilgan harakat jadvallari asosida harakatlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

avtobus

Baholaganlar

290

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing