Toshkentda 5 kunga yopilgan ko‘chaning ochilish muddati kechiktirildi
Jamiyat
−
11 noyabr 2021
3158Avvalroq Toshkentning Chilonzor tumanidagi Mahmudjon G‘afurov ko‘chasi 5 kun muddatga avtotransport vositalari harakati uchun yopilgani haqida xabar bergan edik. Mazkur ko‘cha kecha, 10 noyabr kuni ochilishi kerak edi.
Biroq Mahmudjon G‘afurov ko‘chasida qo‘shimcha ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli, harakatlanishning cheklanishi yana 5 kunga uzaytirildi.
Endilikda ushbu ko‘cha joriy yilning 15 noyabr kuniga qadar yopiq bo‘ladi.
Shahar hokimligi keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan.