Toshkentda 48 yoshli ayol 4-qavatdan tushib ketdi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida ayol 4-qavatdan tushib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar qildi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, 48 yoshli ayol Chilonzor tumani “Bog‘zor” mahallasidagi uyining oynasidan tushib ketgan. Ta’kidlanishicha, ayol oyna yuvayotgan vaqtda qulagan.

Surishtiruvlar natijasida ayol voqea sodir bo‘lgan vaqtda spirtli ichimlik ta’sirida ekani aniqlangan. Hozirda ayol shifxonada ekani aytilmoqda. Mast holatda bo‘lgani sababli muvozanatni yo‘qotgan V.M. hech kimga e’tirozi yo‘qligini bildirgan.

V.M. yaqinda biometrik pasporti, xorijga chiqish pasporti va boshqa hujjatlari bo‘lgan paketni yo‘qotgani sababli Chilonzor tumani MvaFRB xodimlari uni bo‘libgacha olib borib, biometrik ma’lumotlar olingandan so‘ng qaytarib uyiga yetkazib qo‘yishgan.


Maqola muallifi

Teglar

IIBB

Baholaganlar

512

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing