Toshkentda 4 ta mashina to‘qnashdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkentning Yakkasaroy tumanida to‘rtta transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

YTH joriy yilning 6 oktyabr kuni taxminan soat 13:30 larda Yakkasaroy tumani hududidagi Kichik xalqa avtomobil yo‘lida yuz bergan. 2000 yilda tug‘ilgan K.X. boshqaruvidagi Nexia-3, 1987 yilda tug‘ilgan R.A. boshqaruvidagi Spark, 1993 yilda tug‘ilgan B.S. boshqaruvidagi Nexia-3 rusumli, 1980 yilda tug‘ilgan D.G. boshqaruvidagi JETOUR rusumli  mashinalar to‘qnashgan.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra YTHga 22 yashar haydovchi boshqaruvidagi Nexia-3 rusumli transport vositasi haydovchisi yo‘l harakati qoidalariga rioya etmasdan, yo‘lning qarama-qarshi qismiga chiqib harakatlangani sabab bo‘lgan.

Oqibatda to‘rtta avtomashina ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv natijasida Spark avtomashinasi haydovchisi, shuningdek yo‘lovchisi – voyaga yetmagan 2013 yilda tug‘ilgan J.J. tan jarohatlari olib, tibbiyot muassasasiga olib borilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

146

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing