Toshkentda 4-sinf qiz o‘g‘il bola sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Sergeli tumani 300-maktabda 4-sinf qiz 5 nafar o‘g‘il bola sinfdoshlari tomonidan samosud qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi munosabat bildirdi.

Sizdirilgan videolarda 4-sinfda o‘qiydigan 9 yoshli qizga nisbatan zo‘ravonlik holati aks etgan. Kadrda besh nafar o‘g‘il bola sinfdoshlari uni 4-qavatdan 1-qavatgacha quvlab tushgani ko‘rinadi. Ulardan biri qizning yelkasiga musht bilan urgan, boshqasi oyog‘i va beliga tepgan, yana biri sakragan holda beliga zarba bergan. Oqibatda qiz yiqilib tushgan. Shundan so‘ng, bolalar unga ketishga imkon bermagan, beshinchi bola esa qizning ko‘krak qafasi – yurak sohasi joylashgan qismiga sakrab tepgan. Zarba oqibatida qiz yerga yiqilgan.

Mazkur holat Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, ishchi guruh tomonidan o‘rganilgan. Ma’lum qilinishicha, holat 20 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan. Maktabning 4-sinf o‘quvchisi I.A.(qiz bola) va sinfdosh o‘g‘il bolalar o‘rtasida darsdan so‘ng nizo ortidan janjal kelib chiqqan. Maktab ma’muriyati bu holat yuzasidan hudud profilaktika inspektori va maktabga biriktirilgan inspektor psixologlarga xabar bergan.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, I.A. bilan janjallashgan o‘quvchilar – I.A. va E.J.ning ota-onalari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasi (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

“Bu kabi holatlarga qayta yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ota-onalar bilan yig‘ilish o‘tkazilib, tushuntirish ishlari olib borildi hamda maktab direktori va mas’ullarga intizomiy chora ko‘rildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Olmaliqda o‘qituvchi o‘quvchilarning peshonasiga “2” qo‘ygandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent kaltaklandi 4-sinf

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing