Toshkentda 32 yoshli haydovchi obodonlashtirish xodimini urib, voqea joyidan qochib ketdi

3-sahifa

image

Kecha, 15 avgust kuni Toshkentda fuqaro Spark mashinasida obodonlashtirish xodimini urib, voqea joyidan qochib ketdi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea soat taxminan 12:50 da Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasida yuz bergan. Mazkur ko‘chada harakatlanib kelayotgan Spark avtomobili (davlat raqam belgisi 01 T 650 ZA) haydovchisi yo‘l chetida turgan piyodani urib yuborib, birinchi yordam ko‘rsatmay, voqea joyidan qochib ketgan. 

Oqibatda piyoda — 55 yoshli shahar obodonlashtirish boshqarmasi ishchisi G.K. olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan. 

Aniqlanishicha, mashinada piyodani urib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchi 30 yoshli Yu.R. bo‘lgan. Hozirda haydovchi ushlangan.

Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

190

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing