Toshkentda 31 kishi SSSR pasporti bilan yashab yurgan

Jamiyat

image

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Rustam Jo‘rayev joriy yilning 18 fevral kuni Mirobod tumanida sayyor qabul tashkil etdi.

Sayyor qabul vaqtida yuz bergan qiziq bir jihat e’tiborni tortdi. Ma’lum bo‘lishicha, 54 yashar er-xotin Sobiq Ittifoq davridagi pasportlarini almashtirmagani va ularning 31, 32 yashar farzandlari umuman pasport olmagan.

Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi rahbariga mana shu fuqarolarni tezroq biometrik pasportlar bilan ta’minlash vazifasi topshirilgan.

Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning noyabr oyidan shu kunga qadar uyma-uy yurib, 2036 kishining umuman biometrik pasporti yo‘qligi aniqlangan, ulardan 31 nafari esa SSSR pasporti bilan yurgan. Shahar IIBB ma’lum qilishicha, 1760 fuqaroga, shu jumladan, 14 nafar SSSR pasporti bilan yurgan shaxslarga yangi pasport qilib berilgan.

Shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi biror bir sabab bilan pasport olmagan shaxslarni tuman migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga murojaat qilishga chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

IIBB pasport

Baholaganlar

128

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing