Toshkentda 3 yoshli bolaning o‘ldirilishi bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlar ochiqlandi (video)
3-sahifa
−
15:12
7463Toshkent shahrida 3 yashar bolani o‘ldirishda gumonlanib, ushlangan S.M.ga oid jinoyat ishini birinchi instansiyada ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni bugun, 15 noyabr kuni soat 14:30 da jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida boshlandi. QALAMPIR.UZ mazkur jinoyat ishi bo‘yicha ayblov xulosasi bilan tanishdi.
Hujjatda qayd etilishicha, sudlanuvchi S.M. muqaddam kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni olish, saqlash, tashish va o‘tkazish jinoyatlarini sodir etganligi uchun sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tab chiqqanligidan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarib, davolanish, tuzalish yo‘liga kirmasdan, nosog‘lom hayot kechirishni davom ettirib, surunkali ravishda tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi va giyohvand moddalarni jamlovchi vositalarni iste’mol qilib kelgan.
U joriy yilning 9 iyul kuni soat 02:57 da kuchli mastlik va eyforiya holatiga kelish uchun tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi “pregabalin” moddasi mavjud bo‘lgan “Regapen 300 mg” nomli, tarkibida “tropikamid” moddasi mavjud bo‘lgan “Tropicamide 10 ml” nomli dori vositalari va tarkibida “4-metilmetkation” mavjud bo‘lgan “Mefedron” giyohvandlik moddasini kombinatsiya (aralashtirish) usulida iste’mol qilib, ularning ta’sirida o‘zi istaganidek juda kuchli qo‘shma mastlik va eyforiya darajasiga kelgan.
Shunda sudlanvchi Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi xonadonlardan birida yashovchi shar’iy nikohidagi turmush o‘rtog‘i N.N.ning 2021 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan go‘dak farzandi S.S. uning erkalashlarini inkor qilib, aksincha onasining bag‘riga intilib, uning yonida bo‘lishga harakat qilganligini rashk qilib, uni qasddan o‘ldirish maqsadida, xonadonda saqlanib kelingan o‘ziga tegishli “kapalak” yig‘ma pichog‘i bilan qurollanib, bolaning onasi xonadonning ayvon qismida ekanidan foydalanib, go‘dakning tanasini ustiga chiqib, uni qasddan o‘ldirish maqsadida, vahshiyona va g‘ayriinsoniy usulda, qo‘lidagi “kapalak” yig‘ma pichog‘ining o‘tkir tig‘li sanchuvchi qismi bilan norasidani uning onasi ko‘z o‘ngida hayoti uchun muhim bo‘lgan a’zolari, ya’ni chap ko‘zi, chap qoshi, qovoq, lunj, chakka, burun va o‘ng peshona sohalariga bir necha marotaba sanchib, ko‘z kosasi tubini teshib o‘tib, bosh miya yarim sharini jarohatlagan holda o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan o‘ldirgan.
“Sud-tibbiy ekspertizaning 03.08.2024 yildagi “162”-sonli xulosasiga ko‘ra, S.S.ning murdasi tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilganida uning o‘limi “chap ko‘z olmasi sanchib kesib ko‘z kosasi tubini teshib o‘tib, bosh miya chap yarim sharini jarohatlanishi” natijasida yuz berganligi hamda unda ko‘rik vaqtida “boshning chap chakka, peshona o‘ng va chap tomoni, o‘ng ko‘z pasti, chap qosh, chap ko‘z olmasi, chap yonoq, chap ko‘z pastki qovog‘i, chap lunj, burun chap qanoti, o‘ng qo‘l kaft 3 barmog‘i, chap qo‘l kaft 3-4 barmoqlari asosi, o‘ng o‘mrov soha ko‘plab kesilgan va sanchib kesilgan jarohatlari chap ko‘z sohasi tubini teshib o‘tib bosh miya chap yarim sharini jarohatlanishi, o‘ng qo‘l 1-barmog‘i, chap yelka kamari, o‘ng va chap tizzalar, boshning o‘ng tomoni ensa sohasi qontalashlari, travmatik shok, tashqi qon ketishi” jarohatlari aniqlangan”, deyiladi ayblov xulosasida.
Shuningdek, N.N. sudlanuvchining farzandini o‘ldirishga qaratilgan harakatlariga barham berishga uringanida, S.M. turmush o‘rtog‘i aynan o‘zidan 7 oylik homilador ekanligini aniq va oldindan bilgani holda unga nisbatan jismoniy kuch, ya’ni zo‘rlik ishlatib, faol qarshilik ko‘rsatib, uni ham qasddan o‘ldirish maqsadida qo‘lida bo‘lgan “kapalak” yig‘ma pichog‘i bilan N.N.ning hayoti uchun muhim bo‘lgan bosh qismi va qo‘llarining turli qismlariga bir necha marta tan jarohatlari yetkazgan. Ayol esa jon holatda harakat qilib, uning tajovuzidan qochib, ko‘chaga chiqqan va qo‘shnilarni yordamga chaqirib baqirgan. Sudlanuvchi qo‘lidagi pichoq bilan xotinining ortidan chopib chiqkanida, ayolning baqirig‘ini eshitib qo‘ni-qo‘shnilar to‘planayotganligini ko‘rib, N.N.ni qasddan o‘ldirishga qaratilgan harakatlarini to‘xtatishga majbur bo‘lgan va hodisa joyidan qochib ketgan.
Yordamga kelgan qo‘shnilar yordamida N.N. shifoxonaga olib borilib, unga o‘z vaqtida, malakali tibbiy yordam ko‘rsatilganligi natijasida uning hayoti saqlab qolingan.
“Sud-tibbiy ekspertizasining 22.07.2024 yildagi 4714-H-Raj-sonli xulosasida N.N.ning tanasida “chap qo‘l 1-barmoq, chap bilak, o‘ng bilak-kaft bo‘g‘imi, o‘ng qo‘l 1-kaft suyagi sathi va boshning ensa sohalari sanchilgan-kesilgan yaralari, ikkala qo‘l va kaft va barmoq sohalari ko‘plab sanchilgan kesilgan yaralari, o‘ng yelka, chap bilak va o‘ng boldir sohalari qontalashlari va shilinmalari” kabi tan jarohatlari aniqlanganligi, ushbu tan jarohatlari og‘irlik darajasiga bo‘yicha “Sog‘liqni qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan yengil” tan jarohatlari toifasiga kirishi ko‘rsatilgan”, deyiladi ayblov xulosasida.
Bundan tashqari, sudlanuvchi va tergov davomida shaxsini aniqlashni imkoni bo‘lmagan shaxslar bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lgan holda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar hisoblanmaydigan tarkibida “pregabalin” nomli kuchli ta’sir qiluvchi modda bo‘lgan bir dona “Regapen 300 mg” hamda tarkibida “tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi modda bo‘lgan ikki dona yelim flakonlarda mavjud “Tropicamide 10 ml” dori vositalarini o‘tkazish maqsadida Yashnobod tumanidagi xonadonlardan birida qonunga xilof ravishda saqlab kelgani aniqlangan.
LiveBarchasi