Toshkentda 3 yoshli bolani enagasining turmush o‘rtog‘i urib o‘ldirdi

3-sahifa

image

Toshkent shahar Olmazor tumanida 3 yoshli bolani enagasining turmush o‘rtog‘i urib o‘ldirdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 3 yoshli Z.A (o‘g‘il bola) 5 oydan buyon enagasi G.K.ning qaramog‘ida bo‘lgan. Joriy yilning 14 mart kuni enaga ayolning turmush o‘rtog‘i 26 yoshli A.X. go‘yoki bolaning qattiq yig‘lagani uchun tanasining turli qismlariga shafqatsizlarcha urib, og‘ir tan jarohati yetkazgan. Oqibatda Z.A. 17 mart kuni vafot etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, holat enagaga bolaga qaragani uchun 1 oylik to‘lov qilinmagani sababli yuzaga kelgan. Shuningdek, enaga bolaning yaqinlariga dastlab Z.A. ovqatdan zaharlanib vafot etganini aytgan. Ekspertiza xulosasi bilan 3 yoshli Z.A. og‘ir tan jarohati oqibatida vafot etgani tasdiqlangan.

Joriy yilning 18 mart kuni mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bolalar ombudsmaniga ko‘ra, holat yuzasidan gumonlanuvchi X.A. Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan hamda jinoyat ishi yurituvi yuzasidan kuzatuv davom ettirilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yilning avgust oyida xususiy klinikada 9 yoshli bola burun sohasidagi jarrohlik amaliyotidan keyin vafot etgani haqida xabar berilgandi. Joriy yilning 12 mart kuni o‘tkazilgan sudda shifokor kasb vazifalarini zarur darajada bajarmaganlikda aybdor deb topilib, 4 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent 3 yoshli bola urib o'ldirdi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing