Toshkentda 3-kursga o‘qishga kiritishni va’da qilgan shaxslar ushlandi (video)
Jamiyat
−
20:43 788 2 daqiqa
Toshkentda fuqaroni Rossiyada ikki yil o‘qigani haqidagi soxta hujjatlar asosida xususiy oliygohning 3-bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 8 ming dollar talab qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, DXX Toshkent shahar boshqarmasi, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida 1997 yilda Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida tug‘ilgan, hozirda Toshkent shahrida yashovchi shaxs fuqaroning ishonchiga kirib, tanishlari orqali uni Rossiyadagi oliy ta’lim muassasalaridan birida ikki yil tahsil olgani haqidagi soxta hujjatlar asosida poytaxtdagi xususiy oliygohning 3-bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan.
Buning evaziga u 8 ming dollar talab qilgan va 7500 dollarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu pulni olgan, 1993 yilda tug‘ilgan va Samarqand viloyati Ishtixon tumanida doimiy ro‘yxatda turib, Toshkent shahrida vaqtincha yashovchi fuqaro ham qo‘lga olingan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida mazkur noqonuniy ishga Yashnobod tumani IIO FMB inspektor-psixologi ham aloqador ekani aniqlangan. Tezkor tadbir davomida inspektor-psixolog ham 7500 dollarni olayotgan vaqtida ushlangan.
Bildirilishicha, holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatida oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 26 mln so‘m olgan shaxs ushlangani haqida xabar berilgan edi.

Live
Barchasi