Toshkentda 261 fuqaroga soxta “tonirovka” ruxsatnomasini tayyorlagan firibgar ushlandi
3-sahifa
−
15 may 2023
5182Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi shaxs noqonuniy ravishda fuqarolarga “tonirovka” uchun ruxsatnoma tayyorlash bilan shug‘ullanib kelgani aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Toshkent viloyati Chinoz tumanida istimoqat qiluvchi 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro 2022 yilning iyun oyida My-gov-uz.net xostingini yaratib, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining rasmiy xostingida mavjud bo‘lgan amaldagi transport vositalari oynalari tusini o‘zgartirishga ruxsat beruvchi ruxsatnomadan ko‘chirma olgan. U maxsus dastur orqali ruxsatnomadagi ma’lumotlarni o‘zgartirish yo‘li bilan “prava”larni qalbakilashtirgan. 2022 yilning iyul oyidan 2023 yilning mart oyiga qadar o‘zining jinoiy sheriklari orqali jami 261 nafar fuqaroga ushbu qalbaki ruxsatnomalarning har birini 1,4 million so‘mdan 2,4 million so‘mgacha bo‘lgan narxda sotib kelgan. Umumiy hisobda fuqarolarga 365 million 400 ming so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoiy guruhga JKning 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi "a" bandi va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi