Toshkentda 200 ming so‘mlik pullarni qalbakilashtirganlar ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida 200 ming so‘mlik qalbaki kupyuralarni tayyorlagan shaxslar qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning ijtimoiy sohada korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi Chilonzor tumani bo‘limi va Bojxona qo‘mitasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro E.A. fuqaro J.X.ga 200 ming so‘mlik kupyuradagi jami 300 dona 60 million so‘m qalbaki pullarni 20 million so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning Monza rusumli avtomashinasidan 4 dona qalbaki kupyura hamda 200 ming so‘mlik milliy valyuta surati tushirilgan 89 dona A4 formatdagi qog‘ozlar, chizg‘ich, qaychi va kanselyariya pichog‘i hamda fuqarolar D.T. va J.Z.dan kompyuter va rangli printer ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda qariyb 1 milliard so‘mlik qalbaki pullarni sotayotgan shaxslar ushlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

qalbakilashtirish 200 ming so'mlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing