Toshkentda 100 ming “ko‘k”ini qalbakilashtirgan shaxslar ushlandi

3-sahifa

image

Toshkentda 100 ming miqdoridagi soxta AQSH dollari valyutalarini 70 ming AQSH dollariga pullamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati Axborot xizmati xabar berdi.

Unda aytilishicha, Sergeli tumanida 1974 hamda 1982 yillar oralig‘ida tug‘ilgan 4 nafar fuqaro qalbaki 100 ming AQSH dollarini 70 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida DXX hamda prokuratura Departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Shuningdek, ulardan birining yashash xonadonidan ham 10 950 miqdoridagi qalbaki AQSH dollari tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent AQSh dollari qalbakilashtirish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing