Kurs UZS

USD

12 994.59

13.7

EUR

14 761.85

38.92

RUB

157.68

-0.99

Toshkentda 2 yigitni pichoqlab, uyini yoqib yuborgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Ushbu uy qasddan yoqib yuborilgan va uydagi ikki nafar yigit pichoqlab ketilgan. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.

Ma’lum bo‘lishicha, gumonlanuvchi yigit Sergeli tumanidagi tanishining uyiga mehmonga boradi va kutilmaganda ular o‘rtasida kelishmovchilik ro‘y beradi. Shundan so‘ng, gumonlanuvchi yigit oshxonadan pichoq olib, uyda bo‘lgan ikki yigitga tan jarohati yetkazadi.

Pichoqlangan yigitlar zudlik bilan shifoxonaga yotqiziladi. Shifoxona ma’lumotlariga ko‘ra, pichoqlanganlar jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazgan va ularning hayoti saqlab qolingan.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovga ko‘ra, ayni vaqtda holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi yigit qo‘lga olingan. Ayni damda Sergeli tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida 25 yoshli erkak ayoli va qaynonasini pichoqlab o‘ldirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Sergeli pichoq qasddan odam o'ldirish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing