Toshkentda 2 ta elektrobus va Cobalt to‘qnashdi

Jamiyat

image

Bugun, 20 fevral kuni Toshkentda 2 ta elektrobus va Cobalt rusumli avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 09:30 larda Yakkasaroy tumani KHAY ko‘chasi sotuv ofisi qarshisida 1997 yilda tug‘ilgan D.S. YUTONG rusumli elektrobusni boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan. Oqibatda yo‘lning boshqa qismiga chiqib ketib, qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan 1980 yilda tug‘ilgan X.M boshqaruvida bo‘lgan Cobalt rusumli avtoulov bilan to‘qnashgan. So‘ngra D.S. boshqaruvida bo‘lgan YUTONG rusumli elektrobus 1986 yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvida bo‘lgan YUTONG rusumli elektrobus bilan to‘qnashishi oqibatida YTH yuz bergan.

Ayni paytda D.S. boshqaruvida bo‘lgan elektrobusning 2004 yilda tug‘ilgan yo‘lovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qilgani aytilmoqda.

"Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda", deyiladi bu haqdagi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 19 fevral kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida  elektrobus yo‘l chetini ajratib turuvchi panjaraga  borib urilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing