Toshkentda 2 Lacetti to‘qnashuvida 3 kishi jarohatlandi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahrida Lacetti rusumli ikki mashina yo‘l-transport hodisasini sodir etishi oqibatida 3 nafar fuqaro jarohatlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.

Unda aytilishicha, mazkur hodisa joriy yilning 2 iyun kuni soat 10:30 larda Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasi 9-uy qarshisida sodir bo‘lgan. A.X. ismli fuqaro boshqaruvida bo‘lgan Lacetti avtomashinasi harakat jarayonida xavfli manyovr qilib rul boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan.

Oqibatda 1996 yilda tug‘ilgan M.I. boshqaruvidagi unga qarshi yo‘nalishda kelayotgan Lacetti rusumli mashinasi bilan to‘qnashib ketadi. YTH oqibatida o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Lacetti rusumli haydovchisi hamda 2 nafar yo‘lovchi tan-jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shaharida voyaga yetmagan fuqaro boshqaruvida bo‘lgan mashina yo‘l chetida to‘xtab turgan avtomashina bilan to‘qnashib ketgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made