Fotoreportaj: Toshkentda 166 ta muhtoj oilaga yangi uylar kalitlari topshirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Tursinxon Xudaybergenov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bugun, 6 aprel kuni Sergeli tumaniga tashrif buyurib, aholining nogiron, boquvchisini yo‘qotgan va uy-joyga muhtoj qatlami vakillarining 166 nafariga yangi uylarning kalitlarini topshirdilar. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga yo‘llanayotgan murojaatlar tahlil qilib ko‘rilganda, ularning aksariyati uy-joy muammolariga to‘g‘ri kelayotgani aniqlangan. 

Aholining turmush darajasini oshirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xususan, ehtiyojmand oilalarning uy-joy bilan bog‘liq sharoitlarini yaxshilash maqsadida, 2018 yilning iyul oyidan Sergeli tumani “Choshtepa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 30 ga yer maydoni ajratilib, zamonaviy tipdagi 66 ta 7 qavatli uy-joylar, har birida 56 tadan xonadonga ega bo‘lgan jami 3696 ta xonadon qurilishi boshlangan edi. 

Shundan o‘tgan 8 oy maboynida 35 ta uy-joydagi 1960 ta xonadon foydalanishga topshirishga tayyor holga keltirildi. Bugun ulardan 166 tasi o‘z egalarini topdi. 

“Mazkur uy-joylarni avzalligi shundan iboratki, eng avvalo uylarni qurishda  halqaro normalarga javob beradigan qurilish ashyolari va muxandislik texnikalardan foydalanilganligi, xonalar kengligi, yoruqlikni xona hududida bir hil tarqalishi, issiqlik va namlikni me’yorda saqlanishi, har bir xonadon alohida isitish tizimiga egligi, bu esa o‘z navbatida ushbu xonadonda yashovchi aholiga bir qancha qulayliklar yaratadi.


Uylar bilan bir vaqtda tashqi muhandislik tizimlari – aloqa, gaz, elektr, kanalizatsiya va ichimlik suvi tarmoqlari to‘liq bitkazildi.Uylar oldida bolalar maydonchalari tashkil etilib, xududda obodonlashtirish va zamonaviy yo‘lakchalarni barpo etish ishlari olib borildi”, deyiladi Toshkent shahar hokimligi axborotida. 

Ushbu uylar birinchi navbatda nogironlarga, shuningdek,  uy-joyga muhtoj bo‘lgan fuqarolarga vaqtincha yashab turish sharti bilan berilgan. Keyinchalik ipoteka krediti rasmiylashtirgan holda xususiy mulk sifatida egalik huquqi berilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, qurilayotgan uylar hududida maktab, maktabgacha ta’lim muassasasi, oilaviy poliklinika, dam olish joylari, avtomobil turargohlari va boshqa infratuzilma ob’ektlari qurilishi ko‘zda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Ortiqxo'jaev Tursinxon Xudaybergenov

Baholaganlar

143

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing