Toshkentda 16 yoshli qiz rostdan o‘zini 3-qavatdan tashlaganmidi? BP izoh berdi

Jamiyat

image

Toshkentda 16 yoshli qiz janjal sabab binoning 3-qavatidan o‘zini tashlagani haqida xabar berilgandi. U aslida ehtiyotsizlik oqibatida yiqilib tushgani oshkor qilindi. Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura batafsil ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 5 aprel kuni Yunusobod tumanida yashovchi 9-sinf o‘kuvchisi X.M. yashab kelayotgan uyning 3-qavatida balkon oynasini artayotganda ehtiyotsizligi oqibatida yiqilib tan jarohati olgan.

X.M.ga darhol tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib ketilgan. Hozirda voyaga yetmagan X.M.ning ahvoli yaxshi.

Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

"Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

janjal 16 yoshli qiz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing