Toshkentda 11 yoshli qizcha tok urishidan vafot etdi (video)
3-sahifa
−
23 iyun 10099 1 daqiqa
Toshkent shahrining Mirobod tumanida 11 yoshli qiz tok urishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 30 may kuni taxminan soat 18:00 da Mirobod tumanining Amir Temur ko‘chasidagi savdo do‘konlardan birining tom qismiga 2014 yilda tug‘ilgan N.A. ukasining o‘yinchog‘ini olib tushish uchun narvon yordamida chiqqan. Qaytib tushayotgan vaqtida tom qismiga yaqin joydan o‘tuvchi elektr tokini ushlab olgan va tok urishi oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Toyloq tumanida do‘konga kamera o‘rnatishga borgan xususiy firma ishchilari tok urushi oqibatida vafot etgandi. Ikki nafar xodim ish jarayonida ehtiyotsizlik qilib, metall narvonni “Anzur” fiderining havo elektr uzatish tarmog‘iga tekkizgan. Oqibatda esa ikki ishchini ham tok urgan.
Live
Barchasi