Toshkentda 11-sinf o‘quvchisi o‘zini 3-qavatdan tashlagani aytilmoqda

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi maktablardan birida 11-sinf o‘quvchisi o‘zini uchinchi qavatdan pastga tashlagani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov mazkur holat o‘rganilayotganini ma’lum qildi.

“Yashnobod tumanidagi maktabda 11-sinf o‘quvchisi 3-qavatdan pastga tushib ketgani haqidagi xabar o‘rganilmoqda. Natijalari haqida batafsil ma’lumot berilishi ta’minlanadi”, deb yozadi Bosh prokuratura voizi.

Tarqalgan axborotga ko‘ra, voqea Yashnobod tumanidagi 289-maktabda sodir bo‘lgan. O‘g‘il bola ekani aytilayotgan o‘quvchi o‘zini maktab binosining 3-qavatidan tashlagan. Shundan so‘ng, u tez yordam mashinasida shifoxonaga olib ketilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 aprel kuni soat 17:30 da Mirobod tumanida joylashgan 110-sonli maktabda 8-sinf o‘quvchisi M.S. vafot etgan edi. Uning o‘limiga “oshqozon osti beziga keng ko‘lamli qon quyilishi, o‘tkir yurak qon tomir yetishmovchiligi, o‘ng ko‘z yonida shilinma, ichki a’zolari to‘laqonligi, bosh miya va o‘pkalar shishi” sabab bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent maktab 11-sinf o'quvchisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing