Toshkentda 10 ming dollar evaziga Haj vizasini olib bermoqchi bo‘lganlar ushlandi

3-sahifa

image

Toshkentda 10 ming AQSH dollari evaziga Haj vizasini olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Joriy yilning 2 iyun kuni fuqaro T.I.ning arizasida keltirilgan vajlarni tekshirib ko‘rish maqsadida Uchtepa tumanida joylashgan “A.K.” mas’uliyati cheklangan jamiyati ofisida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda, “A.K.” MCHJ rahbari A.M. va jamiyat xodimlari – I.I., M.X.lar bir guruhga birlashib, oldindan jinoiy til biriktirib, fuqaro T.I.ning ishonchiga kirgan. Ular T.I.ni aldab, unga yuqori lavozimda ishlovchi mansabdor tanishlari orqali 10 000 AQSH dollari evaziga Haj ziyoratini amalga oshirish uchun viza qilib berishni va’da qilgan. Jinoiy guruh shundan 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtda xolislar ishtirokida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan ushbu fuqarolar va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b” bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlarini olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yashnobod tumanida fuqarolarga 20 ming AQSH dollari evaziga Haj vizasini tayyorlab bermoqchi bo‘lgan MCHJ rahbarlari ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent haj vizasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing